Mahalliy

Bebras-2020

14-19 dekabr kunlari – Bebras-2020 haftaligi – informatika bo’yicha xalqaro Bebras (nodavlat) musobaqasi onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, barcha 5-11-sinf o’quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi.
Bebras xalqaro musobaqasi kompyuter savodxonligi va ko’nikmalarini rivojlantirishga, AKTga qiziqishini oshirishga qaratilgan. 2019 yilda ushbu olimpiadada 54 mamlakatdan 2 milliondan ortiq bola ishtirok etgan. Siz ham o’z bilimingizni tekshiring!
📅 Musobaqa o‘tqazilish jadvali:
14-15-dekabr kunlari 5-6-sinflar
16-17-dekabr kunlari 7-8-sinflar
18-19-dekabr kunlari 9-11-sinflar uchun bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa olympiad.uzedu.uz tizimida o’tkaziladi.
Natijalar 19-dekabrdan keyin e’lon qilinadi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart! Axborot tizimidan foydalanish bo’yicha ❓ko’p beriladigan savollarga (https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz?authuser=0) javoblar bilan tanishing.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content