Mahalliy

«Faxriy murabbiy» ordeni ham ta’sis etiladi

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlar taqdirlanadi.

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Ushbu qonunga ilova sifatida “Faxriy murabbiy” ordeni to‘g‘risida nizom hamda “Faxriy murabbiy” ordenining tavsifi tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlar taqdirlanadi.

Mazkur orden o‘zining chuqur bilim va boy hayotiy tajribasi bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgan, davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e’tibor qozongan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

Hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash ishlarida faol ishtirok etgan fidoyilar “Faxriy murabbiy” ordeniga munosib, deb topiladi.

“Ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi fidoyiligi, uyushmagan yoshlarni foydali mehnatga jalb etish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular o‘rtasida turli salbiy illatlarning oldini olish borasidagi munosib xizmatlari uchun ham yurtdoshlar ushbu mukofotga sazovor bo‘lishi belgilangan.

Senatorlar mazkur qonunni ma’qulladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Skip to content