Mahalliy

HUDUDIY XALQ TAʼLIMI BOʻLIMLARI XODIMLARI HAMDA MAKTAB DIREKTORLARINI QOʻSHIMCHA RAGʻBATLANTIRISH TARTIBI JORIY ETILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4884-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi loyihasi regulation.gov.uz saytiga muhokamaga qoʻyildi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari hamda umumtaʼlim muassasalar direktorlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlash hamda moddiy yordam koʻrsatish tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu hujjat loyihasi ilovasida “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” Nizomi tasdiqlanmoqda.
Shu bilan birga:
✅umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasasi rahbarlari bir martalik toʻlovlari bilan ragʻbatlantirish;
✅tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda 1, 2, 3 – oʻrinni egallagan umumtaʼlim muassasalari direktorlariga keyingi oʻquv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30, 20, 10 foizlik ustamalar belgilanadi shakllantirish;
✅umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarining 90 foiz va undan yuqori qismi oliy taʼlim muassasasiga har yil oliy taʼlim muassasalariga Qabul qilish davlat komissiyasi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida yoki xalqaro tan olingan
OTM reytinglaridagi TOP-1000 talikka oʻqishga qabul qilingani
uchun ushbu umumtaʼlim muassasasi direktoriga keyingi oʻquv yili davomida lavozim okladining 100 foiz miqdorigacha har oylik ustama haq belgilash;
✅umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari sifat tarkibi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, oʻquv yili yakuni boʻyicha umumtaʼlim muassasasi direktorlarini bir martalik moddiy ragʻbatlantirish;
✅tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlarini, oʻz ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, lavozim yoʻriqnomasida belgilangan vazifalarni tashabbuskorlik bilan hamda sifatli
va vijdonan bajarilishidan kelib chiqib, lavozim okladiga har oylik ustamalar belgilash;
✅shuningdek, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlariga hisobot davrdagi ish natijalari boʻyicha mukofotlash hamda ularga belgilangan holatlarga moddiy yordam koʻrsatish belgilanmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi yuqorida keltirilgan buyruq loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani muhokamalarda faol ishtirok etishlarini soʻraydi. Buyruq loyihasining muhokamasi 2021-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content