Ilm-fan sohasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorigacha oshirish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi e’lon qilindi.

Ilm-fan sohasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni bosqichma-bosqich 2030 yilga yalpi ichki mahsulotning 2 foizi miqdorigacha, shu jumladan 2022 yilgacha yalpi ichki mahsulotning 0.8 foizi miqdorigacha oshirish mo‘ljallanmoqda.

Bunda ilm-fan sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini 2020-2022 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga muvofiq amalga oshirish va O‘zbekistonda ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2022-2030 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mas’ul ijrochilar – Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yo‘ldoshev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), vazirlik va idoralar.

Skip to content