“Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Unga koʻra,
✅ ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablariga oʻquvchilar 5-sinfdan (avval 2-sinfdan), maktab-internatlarga 7-sinfdan (avval 5-sinfdan) qabul qilinadi;
✅ ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlar har yili 1–30-iyun kunlari (avval 1-30-iyul) qabul qilinadi;
✅ oʻquvchilardan talab etiladigan hujjatlar soni 5 dan 3 taga qisqartirildi;
✅ ixtisoslashgan maktablarga saralash tanlovlari endilikda Davlat test markazi tomonidan (avval maktab komissiyasi) oʻtkaziladigan boʻldi;
✅ saralash natijalariga koʻra ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga ballar ketma-ketligi boʻyicha (avval 70 foizdan yuqori boʻlsa) belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.