
“KASB – HAYOT UCHUN” ONLAYN TANLOVIDA ISHTIROK ETING
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari maktab o‘quvchilarini kasbga tayyorlash bo‘yicha “Kasb-hayot uchun” o‘quv qo‘llanmalar tanlovini o‘tkazmoqda.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shakldagi ariza bilan murojaat etish mumkin.
Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar, yaʼni o‘quvchi-yoshlarni joriy va istiqboldagi kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanmalar (“Times new Roman” shrift, 14 o‘lchamda yozilishi shart) 2020 yilning 15 dekabr kuniga (shu kuni ham) qadar q.alimardonov@хtv.uz elektron manziliga yuboriladi.
O‘quv qo‘llanmalar ekspertlar tomonidan baholanadi va 3 nafar g‘olib aniqlanadi.
G‘oliblar bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun – 7 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun – 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun – 3 000 000 so‘m.
G‘olib deb topilgan o‘quv-qo‘llanmalar tanlovdan so‘ng tashkilotchi vazirliklarning rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi.
Tanlovda faol ishtirok eting!

