Mahalliy

Maktablarda yangi yil nishonlanmaydi. Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi.

Xalq ta’limi vazirligi yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq cheklovlar yuzasidan izoh berdi.

«Xalq ta’limi vazirligi yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq cheklovlar pandemiya sharoitida bolalar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, maktablarda ota-onalardan turli noqonuniy pul yig‘imlarini oldini olish maqsadida joriy etilayotganini ma’lum qiladi.

Shuningdek umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va o‘tkazish Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida ham taqiqlanadi.

Maktab foyesi va sinf xonalarini o‘quvchilarning qo‘llari bilan yasalgan bezaklardan tashqari, sun’iy archa va elektr chiroqlar bilan bezatish bilan bog‘liq cheklovlar yong‘in yuzaga kelish xavfini oldini olishni ko‘zda tutadi.

Bolalar bilan yangi yil bayrami tadbirlarini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Bolajon» va «Yoshlar» telekanallari orqali tashkil etiladigan yangi yil telemarafonini tomosha qilish hamda oila davrasida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Bolalar xavfsizligi va salomatligi barcha narsadan ustun!» – deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yil tadbirlari va koronavirus bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content