Mahalliy

O‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish takomillashtiriladi

Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2021-2025 yillarda ovqatlanish tizimi mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oshxonalarni tashkil etish va jihozlash ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

a) umumiy o‘rta ta’lim maktablari oshxonalarida ovqatlantirishni tashkil etish jarayonida oshxonalarda foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Bunda:

o‘quv yili boshlangunga qadar har bir ta’lim muassasalari bo‘yicha kommunal xizmatlar uchun cheklangan har oylik ko‘rsatkichlar xalq ta’limi hamda moliya bo‘limlari tomonidan belgilanadi;

cheklangan ko‘rsatkichlardan ortiq foydalanilgan kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar ijara oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

b) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida oshxonalarni qurish va ta’mirlash ishlarini olib borgan xususiy tadbirkorlarga uzoq muddatli “nol” stavka bilan ijaraga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi mavjud faoliyat yuritmagan oshxonalarni to‘la quvvat bilan qayta ishga tushirgan holda, kelgusida ularni foydalanish samaradorligidan kelib chiqib, 2021 yildan boshlab har yili 1 avgustga qadar kelgusi yil uchun oshxona va bufet mavjud bo‘lmagan maktablarda qurish yoki bo‘sh turgan binolarni moslashtirish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content