Mahalliy

“PREZIDENT ARCHASI” BAYRAM TADBIRI TASVIRGA OLINDI

29-dekabr kuni “Tomosha” bolalar teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Ertaklar karnavali” bayram dasturi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Tomosha” bolalar teatr-studiyasi binosida tasvirga olindi.

Tasvirga olingan bayram dasturi 30-dekabr kuni Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Bolajon”, “Yoshlar” telekanallari tomonidan tashkil etiladigan Yangi yil telemarafoni doirasida namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda “Prezident archasi” tadbirlari karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda tashkil etilmoqda.

Avvalroq mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan sovgʻalar hududlarga joʻnatilgani xabar berilgandi. Sovgʻalar 29-30-dekabr kunlari bolajonlarga yetkaziladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content