Mahalliy

Qarshi shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida o’quv yili yakunlandi

Qarshi shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarini 2021-2022 o’quv yilida 9-sinfni 4990 bafar, 11-sinfni 4259 nafar o’quvchilar tamomlamoqda.
Shulardan 56 nafar o’quvchilar nufuzli chet el OTMlariga muddatidan oldin talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lishdi.
Joriy o’quv yilining 25-may kuni maktablarda tashkil etilgan «So’ngi qo’ng’iroq» tadbirlariga viloyatimiz rahbarlari va bir qator tashkilot rahbarlari tashrif buyurishdi. Jumladan Qarshi shahar 15-umumta’lim maktabiga viloyatimiz rahbari Azimov Murodjon Berdialiyevich, Qarshi shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga viloyat prokurori Tadjiyev Erkabay, 12-umumta’lim maktabiga viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Nisbatxonov Shukrulloxon Xolmatxonovich, 44-umumta’lim maktabiga Sotvoldiyev Shuhratjon Hoshimovich, 43-umumiy o’rta ta’lim maktabiga Qarshi shahar hokimi Xolboyev Normo’min Yaxshiyevichlar tashrif buyurishdi.

Skip to content