Mahalliy

Qarshi shahrida IT markaz ochildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni nazarda tutuvchi “Besh tashabbus” ning Uchinchisini amalga tatbiq etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi aholi, asosan, yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalarini keng hamda samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini maʼlum qildi.

Bu o‘z navbatida, O‘zbekistondagi IT sohasi rivoji uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu tariqa, 31-avgust kuni Qarshi shahrida zamonaviy IT markaz ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Bahromjon Olmatov ishtirok etdi.

Shuningdek, Qarshi shahridagi IT markaz ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarma rahbarlari, Qashqadaryo viloyati tasarrufidagi tashkilot hamda tadbirkorliklar, tuman faollari va yoshlari ishtirok etishdi.

Boshqa barcha IT markazlarida bo‘lgani kabi Qarshi shahar IT markazida ham raqamli texnologiyalarga oid zarur bilimlar boʻyicha tahsil olish mumkin:

– Kompyuter savodxonligi;

– MS Office chuqurlashtirilgan darslari;

– Veb dasturlash tillari;

– Grafika va dizayn asoslari;

– Mobil ilovalarni yaratish;

– Python dasturlash tili;

– Arduino va LEGO Mindstorms asosida mobil robototexnika;

– Shuningdek, kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.

Maʼlumot uchun:

Bugungi kunda mamlakatda jami 60 ta IT Markaz ochilgan. 2020 yilning oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 102 ta IT Markaz ochilishi rejalashtirilgan.

IT Markazlar sayti havolasi: https://www.itcenter.uz/

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content