Mahalliy

Qarshi shahrida «Ustozlar milliy forumi» o’z ishini boshladi….

Uztozlar Milliy forumi…

Qarshi shahar 42-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabida «Ustozlar milliy forumi-yangi o‘quv yiliga oʻzgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!» shiori ostida sho’ba yig’ilishlari tashkil qilindi.

Sho’ba yig’ilishida shahardagi barcha maktablarning fan o’qituvchilari uchun barcha fanlar metodistlari tomonidan 2022-2023-o’quv yilida ta’lim sifatini oshirishda xizmat qiladigan va yangi o’quv yilida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha «Tarbiyada diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tamoyillari: Diniy qadriyatlarni o‘qitilishi», «Kelajak o‘qituvchisi kim va u qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak», «Biologiya darslarida innovatsion o‘qitish usullari», «Adabiyot fani orqali ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish», «O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi muammolar va ularning yechimlari», va boshqa mavzularda seminar-trening tashkil etildi.

Skip to content