Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev: «O‘qituvchi obro‘sini yuksaltirmas ekanmiz, maqsadimizga erisha olmaymiz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib qaytdi. Tashrif yakuni bo‘yicha Urganch shahrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«Renessansning poydevorini boshlaymiz, deyapmiz. Buyuk bobolarimiz, Xorazmiy, Ogahiylar nima deyishgan? Ogahiy bobomiz ilm bo‘lmasa, ertangi kun yo‘q degan. Buni aynan Xorazm eliga aytgan.

Yangi O‘zbekiston maktabdan boshlanadi. Maktab, maktabgacha ta'limni joyiga qo‘yishimiz shart. Biz o‘qigan davrdagi o‘qituvchi obro‘sining bugungi kun bilan farqi yer bilan osmoncha. O‘qituvchi obro‘sini yuksaltirmas ekanmiz, maqsadimizga erisholmaymiz.

OTM sonini 125 taga yetkazdik. 9 foiz edi Oliy ta'limga o‘qishga kirish, 25 foizga chiqardik. Maqsadimiz – 50–60 foizga yetkazish», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Noyabr oyida qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Unga ko‘ra o‘qituvchilarga bir qator imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content