Mahalliy

MAKTABLARDA VAQTINCHA OʻTILMAYOTGAN FANLAR III CHORAKDAN DAVOM ETADI

Maʼlumki, pandemiya davrida oʻquvchilarning sogʻligʻini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy oʻquv yilining I va II choraklarida jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy sanʼat, chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya fanlarini vaqtinchalik oʻtmaslik tavsiya etilgan edi.

Xalq taʼlimi vazirligi epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 5,6 mln. nafar (90 foiz) oʻquvchilar anʼanaviy shaklda taʼlim olayotganligini hamda koʻpchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib, maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini maʼlum qiladi.

Oʻquv yilining birinchi yarim yilligidagi mavzular vazirlikning tavsiyalariga muvofiq, tigʻizlashtirilgan holda (mavzularni qoʻshgan holda) oʻtiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content