Mahalliy

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TAʼLIM TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI YANGI TAHRIRINI TASDIQLADI

2020-yil 19-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi tasdiqlandi.

Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida masʼul qoʻmita hamda ishchi guruh tomonidan bir necha bor muhokamalar oʻtkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazildi.

Xususan, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning oʻrniga 54 ta yangi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi

9 ta yangi modda kiritildi.

Eʼtiborlisi, qonun loyihasiga inklyuziv taʼlim tushunchasi ham singdirilgan. Bu esa har bir bolaning taʼlim olishdagi teng huquqliligini taʼminlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda koʻzda tutilmagan yangi qoida — yurtimizda yoshidan qatʼiy nazar, katta yoshdagilar uchun ham umri davomida bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish imkoniyati belgilangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content