Mahalliy

QASHQADARYODAGI 42-UMUMTAʼLIM MAKTABI IT SOHASIGA IXTISOSLASHTIRILDI VA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BILAN JIHOZLANDI

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 42-umumtaʼlim maktabi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu maktabga Koreyada ishlab chiqarilgan 15 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.

Texnikalarni topshirish marosimida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, Bosh vazir maslahatchisi Olim Umarov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev ishtirok etdi. Shuningdek, maktabdagi shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni bilan tanishib, oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

Tashrif doirasida “Taʼlim muassasalarida va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish” mavzusida seminar-trening ham tashkil etildi.

Rustam Karimjonov viloyatning barcha tumanlaridagi maktablarning informatika oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content