Mahalliy

Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2020-yilning 19-oktabr kuni viloyatda bo‘lib, xalq ta’limi mas’ullari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda 2020-yilning mart oyidan buyon boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Abdug‘ani Himmatov o‘rniga Farhod Ochilov tayinlandi.

Farhod Ochilov boshqarmaga rahbar etib tayinlanguniga qadar, “Yuksalish” umummilliy harakatining viloyat bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Farhod Ochilov jamoatchilikka tanishtirilib, Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limiga tayinlangan yangi rahbar haqida ham ma’lumot berildi.

Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar uslubchisi lavozimida ishlab kelgan Nargiza Samadova endilikda Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limini boshqarishi aytildi.

One Comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Skip to content